Koreyada ishlayotganlar
Smenadan keyin, kechqurun oʻqiysiz. Ish tufayli darsga ulgurmasangiz — yozuvni istalgan vaqtda koʻrasiz.
Onlayn · Oʻzbek tilida · Web va Mobil · Noyabr 2026
Jonli darslar, har hafta shaxsiy kod tekshiruvi va ish topishga tayyorgarlik. Dasturlash tajribasi talab qilinmaydi.
Ikkala yoʻnalish ham noyabrda boshlanadi. Bu oson kurs emas — haftasiga kamida 12 soat vaqt talab qiladi. Lekin yoʻlni yolgʻiz bosib oʻtmaysiz.
Darslar shu kunlardan boshlanadi va 20 hafta davom etadi.
Bir daqiqa vaqt oladi. Ism, telefon raqam va qaysi yoʻnalish — shunchaki.
24 soat ichida oʻzim yozaman. Savollaringizga javob beraman va bepul dars havolasini yuboraman.
Bitta dars, sotuv emas. HTML va CSS oʻrganib, birinchi sahifangizni internetga joylaysiz — ikkala yoʻnalish uchun ham.
Toʻlov faqat shundan keyin. Birinchi hafta ham yoqmasa — pulingiz toʻliq qaytariladi.
Guruhda ikki xil odam oʻqiydi va dars ikkalasiga ham moslashtirilgan.
Smenadan keyin, kechqurun oʻqiysiz. Ish tufayli darsga ulgurmasangiz — yozuvni istalgan vaqtda koʻrasiz.
Birinchi ishga tayyorgarlik: portfolio, GitHub profili, CV va texnik suhbat mashqi.
Dasturlash tajribasi shart emas. Kerak boʻlgani — noutbuk, internet va haftasiga 12 soat vaqt.
Ikki yoʻnalish, bir xil qatʼiylik. Har hafta yangi mavzu, uy vazifasi va kod tekshiruvi.
Sayt va veb-ilovalar. React, Next.js va NestJS.
1–2 HAFTA
Internet qanday ishlaydi, HTML tuzilmasi, CSS bilan dizayn — flexbox va grid, Git va GitHub. Ikkinchi hafta oxirida birinchi sahifangiz internetda joylashadi va havolasini doʻstlaringizga yuborasiz.
3–7 HAFTA
Oʻzgaruvchilar, funksiyalar, massiv va obyektlar, DOM bilan ishlash, hodisalar, fetch va async/await, ES modullar. Eng muhim va eng qiyin bosqich — amaliyotning katta qismi shu yerda.
8–10 HAFTA
Tiplar, interfeyslar, generiklar, utility tiplar, tsconfig va qatʼiy rejim. Shu haftadan kurs oxirigacha hamma kod TypeScriptda yoziladi — chunki ish bozorida ham shunday.
11–13 HAFTA
Komponentalar, props va state tiplash, hooklar, routing, forma va validatsiya, Tailwind CSS. Har hafta kichik loyiha topshirasiz.
14–15 HAFTA
App Router, server va client komponentalar, maʼlumot yuklash, API route, SEO va Vercelga deploy. Tez ishlaydigan haqiqiy sayt yigʻasiz.
16–18 HAFTA
Modul, controller va service tuzilmasi, DTO va validatsiya, Prisma bilan PostgreSQL, JWT autentifikatsiya, REST API va Swagger hujjati.
19–20 HAFTA
Toʻliq stack loyihani noldan yaratasiz va chiqarasiz. Portfolio, GitHub profili, CV va texnik suhbat mashqi.
Android va iOS ilovalar. Flutter va NestJS.
1–2 HAFTA
Dasturlash asoslari, muhitni sozlash — Flutter SDK, Android Studio, VS Code, Git va GitHub. Birinchi ilovangizni oʻz telefoningizda ishga tushirasiz.
3–6 HAFTA
Oʻzgaruvchilar va tiplar, funksiyalar, kolleksiyalar, OOP — sinf va obyektlar, null safety, async/await va Future. Flutter uchun mustahkam poydevor.
7–10 HAFTA
Widgetlar, layout va responsive dizayn, navigatsiya, formalar va validatsiya, roʻyxat va maʼlumot koʻrsatish. Har hafta ishlaydigan ekran topshirasiz.
11–13 HAFTA
State management (Riverpod), tashqi API bilan ishlash, lokal saqlash, rasm va fayl, push bildirishnoma asoslari, ilovani Play Storega chiqarish.
14–15 HAFTA
Tiplar, interfeyslar, generiklar va qatʼiy rejim. Backendga oʻtishdan oldingi majburiy bosqich — NestJS toʻliq TypeScriptda yozilgan.
16–18 HAFTA
Modul, controller va service tuzilmasi, DTO va validatsiya, Prisma bilan PostgreSQL, JWT autentifikatsiya, REST API va Swagger hujjati.
19–20 HAFTA
Toʻliq stack loyihani noldan yaratasiz va chiqarasiz. Portfolio, GitHub profili, CV va texnik suhbat mashqi.
Hayit haftasida bir hafta tanaffus (taxminan 9–11 mart 2027).
Ramazon oyida Oʻzbekiston uchun dars vaqti iftordan keyinga suriladi.
Toʻlov oylik va har ikki yoʻnalish uchun bir xil. Narx yashash joyingizga qarab belgilanadi.
Oʻzbekiston
1 200 000soʻm / oy
Koreya
Karyera yordami bilan250 000₩ / oy
Birinchi hafta yoqmasa — pulingiz toʻliq qaytariladi. Hech qanday shartsiz.
Birinchi guruh narxi. Keyingi guruhlar uchun narx koʻtariladi.

Oʻqituvchi
Full-stack dasturchi · Kurs muallifi va oʻqituvchi
Andijonlikman. Hozir Seulda yashayman.
Men ham siz kabi noldan boshlaganman. Ishdan yoki smenadan keyin charchab, vaqt topib oʻqish qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman. Shu sababli kursdagi dars jadvali, topshiriqlar va oʻquv jarayoni aynan ishlaydigan insonlarga moslab tuzilgan.
Bugungi kunda production darajasidagi veb va mobil ilovalarni mustaqil ishlab chiqaman. Shaxsiy mahsulotlarimdan 1 500+ foydalanuvchi foydalanadi. React, Vue, Flutter, Node.js va Django bilan 5 yillik amaliy tajribaga egaman.
2025-yilda HackSeoul xalqaro hakatonida 2-oʻrinni egallaganman. “AI for Real-World Impact & Future Ventures” yoʻnalishida ishtirok etib, 3 000 000 ₩ mukofotni qoʻlga kiritganman.
Bu kursda sizga faqat kod yozishni emas, balki real loyihalarda ishlash, muammolarni mustaqil hal qilish va dasturchi sifatida oʻsish uchun kerak boʻladigan amaliy bilimlarni berishni maqsad qilganman.
Har bir yoʻnalish 12 kishi bilan cheklangan
Bitta bepul dars. Sotuv emas — haqiqiy dars: HTML va CSS oʻrganib, birinchi sahifangizni internetga joylaysiz va havolasini olasiz. Havolani doʻstlaringizga yuborasiz.
Yoki toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramda yozing:
@lifelong_learner_optimist